Free ebooks Library zlibrary project

Ayni kunlarda xalqaro futbol kuni munosabati bilan Respublikamizning barcha hududlarida futbol festivallari boʻlib oʻtmoqda. Poytaxtimizda joylashgan 102-umumtaʼlim maktabida ham bayram tadbirlari oʻtkazildi. Festival davomida maktab oʻquvchilari Oʻzbekiston milliy va futzal terma jamoalari futbolchilari bilan birgalikda mahorat darslarida ishtirok etishdi. Tadbirning ikkinchi qismida Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi. 

Batafsil

Oʻzbekiston U17 terma jamoasi 18-dekabr kuni Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi jamoa yigʻinning ikkinchi qismini Jidda shahrida davom ettiradi. Oʻsmirlarimiz Saudiya Arabistoni U17 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishlari rejalashtirilgan. Bahslar 26 va 29-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. U17 | Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari 26-dekabr Saudiya Arabistoni – Oʻzbekiston 29-dekabr Saudiya Arabistoni – Oʻzbekiston

Shu kunlarda Toshkentda yigʻin oʻtkazayotgan Oʻzbekiston U17 ayollar terma jamoasi Qirgʻiz Respublikasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Bahslar 14-16-dekabr kunlari “Chigʻatoy” maydonida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari. U17 ayollar terma jamoasi 14-dekabr Oʻzbekiston – Qirgʻiz Respublikasi 16-dekabr Oʻzbekiston – Qirgʻiz Respublikasi