Free ebooks Library zlibrary project

Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi O‘zbekiston U-18 terma jamoasi 4–9-yanvar kunlari Milliy futbol markazida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi. Yoshlarimiz yigʻinning ikkinchi qismini Turkiyada davom ettiradilar. Yig‘in doirasida 11 va 14-yanvar kunlari Turkiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari boʻlib oʻtadi.  Eslatib oʻtamiz, jamoamiz 2026-yilda U-20 Osiyo kubogi saralash musobaqasida ishtirok etadi. 2027-yilda esa Osiyo kubogi va yurtimiz mezbonlik qiladigan U-20 

Batafsil

Qashqadaryo viloyati futbol akademiyasi bazasida hududiy futbol akademiyalari direktorlarining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida ikki kunlik malaka oshirish seminari bo‘lib o‘tdi. Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad: Akademiyalarda ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni yangi bosqichga olib chiqish, mas’ul xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda yosh futbolchilarni tarbiyalashning zamonaviy usullarini joriy etishdan iborat.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi — “Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi” nominatsiyasida g‘olib deb topildi. 2025-yilda futbolni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar munosib baholandi. Shuningdek, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov, jamoamiz darvozaboni Ne’matulloh Rustamjonov ham taqdirlandi. O‘FA muxlislar bilan ishlash bo‘limi yetakchisi Abdurahmon Fozilov — “Eng yaxshi sport targ‘ibotchisi” sifatida e’tirof etildi. 

Batafsil

Bugun Toshkentda yangi bunyod etilgan Milliy futbol markazida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Futbolchilar uyushmasi hamkorligida yilning muhim tadbirlaridan biri — Futbolchilar uyushmasining 2025-yilgi assambleyasi tashkil etildi. Tadbirda futbolimiz faxriylari, milliy terma jamoamiz safida to‘p surgan sobiq futbolchilar, hududiy futbol assotsiatsiyalari vitse-prezidentlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar muhokama qilingach, mehmonlar va ishtirokchilar 

Batafsil