Jamoamiz 5-16 yanvar kunlari Milliy futbol markazida o’quv-mashg’ulotlarida ishtirok etadi. Kotrina Kulbite boshqaruvidagi jamoamizning yanvar oyidagi yigʻiniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing.
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Vakillarimiz musobaqaning ilk turida Livanga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv 7-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da “Prince Faisal Bin Fahd stadium”da start oladi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Ravshan Haydarov shogirdlari Doha shahrida mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Bosh murabbiy Ravshan Haydarov yoshlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi. Eslatib oʻtamiz, jamoamiz turnirdagi ishtirokini 7-yanvar kuni Livanga qarshi oʻyin bilan boshlaydi.
Aziz yurtdoshlar! Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Sizni kirib kelayotgan 2026-yil bilan samimiy muborakbod etadi! Boshlanayotgan yangi futbol mavsumi Oʻzbekiston terma jamoalari hamda oʻzbek klublari uchun yutuq va yangi marralarga boy boʻlsin! Barchangizga oilaviy baxt, mustahkam sogʻlik va xotirjamlik tilaymiz. Goʻzal va osoyishta Vatanimizning rivoji yoʻlidagi barcha sa’y-harakatlaringizda omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlsin.