Oldin xabar berganimizdek, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi shu kunlarda poytaxtimizda yig‘in olib bormoqda. Azamat Abduraimov shogirdlari bugun ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. “Chig‘atoy-2002”ga qarshi kechgan o‘yinda terma jamoamiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Terma jamoa safida Rustam Turdimurodov, Tohir To‘xtasinov hamda Shahzod Akramov raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Oldinroq o‘smirlar terma jamoamiz 3:1 hisobida “Bunyodkor-2003”ni mag‘lub
Tailandda o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Guruh bosqichining oxirgi turida terma jamoamiz Janubiy Koreya bilan bahs olib bordi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramasdan jamoamiz guruhda 2-o‘rinni band etdi va chorak finalga yo‘l oldi. U-23 Osiyo chempionati “C” guruhi, 3-tur O‘zbekiston – Janubiy Koreya 1:2