Bilasiz, ayni paytda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish uchun barchamizdan uyda qolish talab qilinmoqda. Natijada deyarli barcha mamlakatlarda futbol uchrashuvlari ham o’tkazilmayapti. Xo’sh, o’zbekistonlik futbolchilar karantin davrini uyda qanday o’tkazishmoqda? Ular muxlislarga bu borada nimalarni tavsiya qilishadi? Bugun bu haqda O’zbekiston ayollar terma jamoasi yetakchilaridan biri – Nilufar Qudratova bilan suhbatlashdik.