Futzal bo’yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston terma jamoasi Marokashdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini boshladi. 14 nafar futzalchidan iborat terma jamoamiz kecha Rabot shahriga yetib bordi va Marokash futbol assotsiatsiyasi sport kompleksida dastlabki mashg’ulotlarni o’tkazdi. Futzalchilarimiz 7-8 noyabr kunlari o’rtoqlik uchrashuvlarida Marokash vakillari bilan bahslashadi.
O’zbekiston U16 terma jamoasi BAAda o’tayotgan o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasida BAAlik tengdoshlariga qarshi o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazdi. BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida tashkil etilgan mazkur bahsda tomonlar 1-1 hisobidagi durangga imzo chekdilar. O’smirlar terma jamoamiz goliga Shahzod Akramov mualliflik qildi. 🇦🇪 U16 BAA 1-1 U16 O’zbekiston 🇺🇿