Eʼtiboringizga Olimpiya oʼyinlari tarixidan qiziqarli voqeliklar haqida hikoya qilishda davom etamiz. Аna shunday qiziq hodisalardan biri 1972 yil Sapporo (Yaponiya) shahri mezbonlik qiladigan XI qishki Olimpiya oʼyinlarining ochilish marosimi repetitsiyasida sodir boʼlgan. Xalqaro olimpiya qoʼmitasining bayrogʼi olib kirilgan payt muxlislardan biri bayroqdagi qitʼalarni anglatuvchi xalqalarni koʼrib hayratda qoladi. Аslida bayroqdagi rangli xalqalar ketma-ketligi moviy-sariq-qora-yashil-qizil boʼlishi
Butun dunyo boʼylab katta shodiyona bilan nishonlanadigan Olimpiya kuni 2019 yilda ham yurtimizda oʼzgacha shodiyona bilan nishonlangan. 6-iyul kuni muhtasham “Humo arena” muz saroyida boʼlib oʼtgan asosiy bayram tadbiri minglab insonlarni sport oldida yana bir bor jipslashtirdi. Yurtimizda oʼtkazilgan ushbu sport tantanasidan tayyorlangan videorolik Xalqaro Olimpiya qoʼmitasiga ham joʼnatildi. Tashkilot rahbari Tomas Bax esa yutimizda
Hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda barcha sohalarda boʻlgani kabi sport sohasida ham karantin davrini mazmunli oʻtkazish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Toshkent shahar Mirobod tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamda tuman hokimligi bilan birgalikda COVID-19 virusiga qarshi kurashish boʻyicha maslahatlar bermoqda. Har kuni yarim soat jismoniy mashqlarni bajarish, sport bilan shugʻullanish bahorgi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda butun dunyo boʻylab tarqalib borayotgan va insoniyat uchun katta xavf tugʻdirayotgan koronavirus pandemiyasi mamlakatimizga ham kirib keldi. Joriy yil 15-mart kuni Oʻzbekistonda ilk bora koronavirusga chalinganlik holati qayd etilgandi. Shu munosabat bilan, 2020-yil 16-martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha taʼlim muassasalari nomaʼlum muddatga yopildi. Oʻzbekiston Respublikasi
Maʼlumki, Olimpiya oʼyinlari XIX asrda emas, balki Qadimgi Yunonistonda, antik davrdayoq oʼtkazilgan. Zamonaviy Olimpiya harakatining tarixiga esa 120 yildan oshdi (1894 yilda Olimpiya oʼyinlarini qayta tiklash boʼyicha Kongress oʼtkazilgan), Qadimgi Olimpiya oʼyinlari tarixi ming yildan ortiqroq davrni oʼz ichiga oladi. Bugun biz sizlarga Qadimgi Yunonistonda oʼtkazilgan Olimpiya oʼyinlari haqida qiziqarli faktlardan bir nechtasini keltirib oʼtmoqchimiz.