O’zbekiston milliy terma jamoasi uchun JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo’shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik rejasidan o’rin olgan navbatdagi o’quv-mashg’ulot yig’ini fevral oyida tashkil etiladi. Vadim Abramov boshchiligidagi Milliy jamoamiz 8-18 fevral kunlari Dubay shahrida mashg’ulot olib boradi va yig’in davomida uchta o’rtoqlik o’yini o’tkazilishi reja ostiga olingan. Hususan, 15-fevral kuni MTJ a’zolari BAA futbol assotsiatsiyasi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish, sog’lom turmush tarzini keng tadbiq etish hamda ommaviy sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirishga qaratilgan farmonlarining ijrosi yuzasidan Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari, viloyat boshqarma boshliqlari va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Yig’ilishda mahalla yoshlari o’rtasida
Osiyo futbol konfederatsiyasi terma jamoalar va klublar miqyosida bo’lib o’tadigan qit’a musobaqalarining yangi uslubdagi logotiplarni namoyish etdi. Yangi ko’rinish, yangi ramzlar o’yin maydonlaridan tortib, televizion ko’rsatuvlar va ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar e’tiborini jalb etishda muhim omil deya baholanmoqda. “Rebrending” ishlari uchun OFK eksklyuziv hamkori Football Marketing Asia kompaniyasi bilan birgalikda 15 oy davomida izlanish olib bordi
Barchamizga yaxshi ma’lumki joriy 2020-yilda koronavirus pandemiyasi futbol sohasiga jiddiy ta’sir o‘tkazdi, xalqaro va mahalliy musobaqalar taqvimidagi uzilishlarga sababchi bo‘ldi. Biroq pandemiya sharoitiga qaramay O’zbekiston terma jamoalari muhim musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettirdi, futbol mutaxassislari tahsil olishi va malaka oshirishi uchun yangi o’quv markazi ochildi hamda tarixda birinchi bor O’zbekistonda futbol uchrashuvida VAR tizimidan foydalanildi. Shuningdek
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qator farmonlariga muvofiq, mustaqilligimizning 29 yilligi arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Bugun, 28-dekabr kuni Ko‘ksaroyda mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o’tdi. E’tiborlisi, mukofotlanganlar ro’yxatidan O’zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ham o’rin olgan bo’lib, tajribali mutaxassisimiz davlat rahbaridan mukofotni qabul qilib oldi.