Karantin kunlarida qilichbozlik boʼyicha Oʼzbekiston terma jamoasi vakillari oʼz mahoratlarini oshxonada ham namoyish etishmoqda. Taʼkidlash joiz, qilichbozlarimiz barcha yoʼnalishda ustasifarangligi bilan ajralib turishmoqda. Sportchilarimiz oʼz chiqishlarida turli ovqatlar tayyorlash bilan diqqatimiz markazida. Jumladan, shpaga yoʼnalishi boʼyicha jamoamizning asosiy vakillaridan biri Fayzulla Аlimov qilichbozlarga xos oʼzbek palovini tayyorlab berdi. Milliy Olimpiya Qo’mitasi Olympic.uz
Xabaringiz bor, ayni vaqtda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida barchamizdan uyda qolish talab qilinmoqda. Natijada, barcha mamlakatlarda futbol uchrashuvlari o`tkazilmayapti. Xo`sh, o`zbekistonlik futbolchilar karantin davrini uyda qanday o`tkazishmoqda? Ular muxlislarga bu borada nimalarni tavsiya qilishadi? PFL matbuot xizmati bu haqda “Buxoro” jamoasi yetakchilaridan biri – Zohir Pirimov bilan suhbatlashdi. “Barcha qatori men ham ayni
Bilasiz, ayni paytda koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida barchadan uyda qolish talab etiladi. Shu boisdan turli yoshdagi terma jamoamiz a’zolari uyda mashg’ulotlar o’tkazishmoqda. Jumladan, ayollar terma jamoamiz a’zolari ham. Karantin davrida futbolchi qizlarimiz ham uyda tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. Navbatdagi ishtirokchi o‘smirlar terma jamoasi aʼzosi Marina Kosnikova.
Aziz futbol ishqibozlari, ayni paytda koronavirus tarqalishi xavfi mavjud ekani sabab milliy chempionat uchrashuvlari o’tkazilmayapti. Zero hozirda barchadan uyda qolish, bu orqali koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish talab etilmoqda. Shu sababdan mamlakatimizning yetakchi klublaridan biri “Paxtakor” jamoasi futbolchilari ham uyda qolgan holda yakka tartibda mashg’ulotlarni davom ettirishmoqda. Quyida videoni tomosha qiling, siz ham uyda qoling!
Oʼzbekiston terma jamoasi futbolchisi Javohir Siddiqov karantin davrini oʼtkazish boʼyicha oʼz tavsiyalari hamda uy sharoitida mashgʼulot oʼtkazish uslubini namoyish etdi. Karantin qoidalariga rioya qiling! Uyda qoling, oʼzingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qiling!