O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarixiy o‘yinlari namoyishini davom ettiramiz. Bugun ham JCH-2010 Osiyo qitʼasi saralashi to‘rtinchi bosqichidan o‘rin olgan o‘yinga eʼtibor qaratamiz. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi azaliy raqiblaridan biri Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazgandi. Bugun soat 22:00 dan boshlab Sport TVda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalari ishtirokidagi uchrashuvni tomosha
Xabaringiz bor, ayni vaqtda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida barchamizdan uyda qolish talab qilinmoqda. Natijada, barcha mamlakatlarda futbol uchrashuvlari o’tkazilmayapti. Xo’sh, o’zbekistonlik futbolchilar karantin davrini uyda qanday o’tkazishmoqda? Bugun bu haqda “Navbahor”ning yosh, iqtidorli futbolchilaridan biri Abbos G’ulomov bilan suhbatlashdik. “Karantinni barcha qatori men ham oilam bilan birga o’tkazyapman. Murabbiylarimiz sport formasini yuqori
Aziz futbol ishqibozlari, har kuni e’tiboringizga turli yoshdagi terma jamoalarimizning har xil musobaqalarda kiritgan gollarini havola qilib boryapmiz. Bugun 2014-yilgi U19 Osiyo chempionati doirasida BAAga qarshi kechgan bellashuvda Eldor Shomurodov tomonidan uzatmadan so’ng boshi bilan kiritilgan ajoyib golni yodga olamiz. Tomosha qilib, baho bering!
Xalqaro olimpiya qoʼmitasi koronavirus pandemiyasi tufayli Tokiodagi Olimpiya oʼyinlari 2021 yilga koʼchirilganligi bilan bogʼliq eng koʼp berilayotgan savollarga javoblar berilgan hujjatni tayyorladi. Ularda Olimpiya oʼyinlari muddatini oʼzgartirish juda murakkab jarayon ekanligiga eʼtibor qaratiladi. XOQning Muvofiqlashtiruvchi komissiyasi hozirgi paytda “Tokio-2020” Tashkiliy qoʼmitasi, sportning yozgi olimpiya turlari boʼyicha xalqaro sport federatsiyalari, 206 ta milliy olimpiya qoʼmitalari, sportchilar,
Oʼzbekiston Milliy olimpiya qoʼmitasi “MOQ xabarlari” informatsion-koʼngilochar koʼrsatuvini eʼtiboringizga taqdim qilishda davom etadi. Bugun loyihamizning ikkinchi sonida 14 aprelь sanasi bilan bogʼliq qiziqarli maʼlumotlar, jahon sporti yangiliklari va yosh sportchilarimizning kunni qanday oʼtkazayotgani haqida hikoya qilamiz. Shuningdek, dastur davomida xalq amaliy sanʼati durdonalari ruknida kulolchilik haqidagi lavha sizni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz. Milliy olimpiya