UEFA mutaxassisi Rojer Meyxri O’FA mas’ul xodimlari bilan birgalikda Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Xizmat safari davomida, tajribali mutaxassis Xorazm viloyati hududiy futbol assotsiatsiyasining har bir yoʼnalish boʼyicha olib borayotgan faoliyatini atroflicha oʼrganib, murabbiylar tajribasini tahlil qildi.
Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda murabbiylik sohasini rivojlantirish hamda murabbiylar malakasini oshirish maqsadida muntazam ravishda qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Shu o’rinda, 9-14 noyabr kunlari Toshkentda O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida (FMTM) OFK “A” litsenziyasi bo’yicha murabbiylik kursining beshinchi moduli bo’lib o’tmoqda. O’quv jarayoni FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov rahbarligida olib borilmoqda.
MTJ delegatsiyasi Toshkent-Dubay HY333 havo reysi orqali mahalliy vaqt bilan soat 12:25 da Dubay xalqaro aeroportiga yetib bordi. Delegatsiya a’zolari aeroportda passport nazoratidan avval koronavirusga test topshirdi. Shundan so’ng, Milliy terma jamoamiz vakillari “Intercontinental” mexmonxonasiga joylashdi. Test natijalari chiqqunga qadar delegatsiyaning har bir a’zosi mehmonxonada “o’zini yakkalash” rejimida bo’ladi. Milliy jamoamiz ertaga dastlabki mashg’ulotlarini o’tkazishi
Xabaringiz bor, O’FA va UEFA o’rtasidagi o’zaro tajriba almashish bo’yicha hamkorlik doirasida UEFA texnik konsultanti Rojer Meyxri yurtimizda faoliyat olib bormoqda. O’tgan kun UEFA mutaxassisi O’FA mas’ul xodimlari bilan Sirdaryo viloyatida bo’ldi. Ushbu safarda u Sirdaryo viloyati bolalar-o’smirlar sport maktabi hamda futbol mahorat maktablariga tashrif buyurib, mazkur dargohda faoliyat olib borayotgan murabbiylar ishi bilan tanishdi.