Yaponiya U-16 jamoasi bosh murabbiyi Yoshiro Moriyama: — Ushbu turnir biz uchun har tomonlama muhim hisoblanadi. Biz nafaqat oʻyinlar orqali, balki jamoaviy muhitni yaxshilash va qolgan jamoalar bilan munosabatlarni mustahkamlab olmoqchimiz. Buning uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirmoqchimiz. — Mirabror Usmonov qanday inson boʻlganliklari haqida bizga aytib berishdi. Bundan insonlar xotirasiga turnir oʻtkazish albatta yaxshi holat. Tojikiston
Ayollar klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionati, G‘arb BAM XATUN 1:1 SO‘G‘DIYONA-W Gollar: Diyora Habibullayeva, 20 (0:1), Zahra Ghanbari 57 (1:1)
Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshladi. Jamoliddin Rahmatullayev jamoasining Toshkentdagi yigʻinlari 28-avgustga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Mazkur yigʻin doirasida vakillarimiz “Mirabror Usmanov Memorial Cup-2022” turnirida ishtirok etadi. Bosh murabbiy tomonidan ushbu yigʻinga jalb etilgan futbolchilar roʻyxati bilan tanishing.
Ravshan Haydarov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi Urugvay, Argentina va Braziliya yoshlar terma jamoalari bilan birgalikda xalqaro turnirda ishtirok etadi. Ma’lumot uchun, oʻyinlar 7, 9 va 11-sentyabr kunlari (Toshkent vaqti bilan) Urugvayning Maldonado shahrida joylashgan “Domingo Burgenyo Migel” stadionida boʻlib oʻtadi.
Bugun Oʻzbekiston U-19 terma jamoasi Toshkentdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshlaydi. Mashgʻulotlar “Chigʻatoy” bazasida boʻlib oʻtadi. Yigʻinning ikkinchi qismi esa Yaponiyada davom ettiriladi. Terma jamoamiz “SBS kubogi” doirasida Yaponiya, Urugvay hamda mahalliy “Shizuoka” klubining yoshlar jamoasiga qarshi maydonga tushadi.