Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi kungi mashg’ulotlarni ham “Bunyodkor” akademiyasi maydonida o’tkazdi. “Paxtakor” himoyachisi Egor Krimets jarohati sabab noyabr oyidagi yig’inda qatnasha olmasligi ma’lum bo’ldi. Jarohati bilan yig’inga kelib qo’shilgan “Paxtakor” klubining yana bir futbolchisi Odil Hamrobekovga Toshkentda qolib, davolanib olishiga ijozat berildi.

O’zbekiston U16 terma jamoasi bugun BAAlik tengdoshlariga qarshi navbatdagi o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida o’tgan mazkur bahsda Olim Shokirov shogirdlari 2-2 hisobidagi durang natijani qayd etdi. Ikki bor hisobda ortda qolgan vakillarimiz Shahzod Akramov va Alisher Xayrullayev tomonidan kiritilgan gollar hisobiga muvozanatni tikladi. 🇦🇪 U16 BAA 2-2 U16 O’zbekiston 🇺🇿 Gollar: Shahzod 

Batafsil

Suriya va Iroqqa qarshi o’rtoqlik o’yinlari oldidan MTJ vakillari dastlabki tayyorgarlik jarayonini Toshkentda olib boradi. Bugungi mashg’ulotlar yopiq tarzda “Bunyodkor” akademiyasi maydonida bo’lib o’tdi. Koreya K-ligasida to’p surayotgan Rustamjon Ashurmatov va Jamshid Iskanderov Milliy jamoamiz yig’iniga kelib qo’shildi. BAA chempionatida faoliyat olib borayotgan Aziz G’aniyev va Otabek Shukurov MTJning Dubaydagi mashg’ulotlarida ishtirok etadi. “Bunyodkor” va 

Batafsil

Bugun Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh kotibi Dato’ Vinsdor Jon boshchiligida qit’amizdagi futbol hakamligi masalalariga bag’ishlangan Hakamlar qo’mitasi yig’ilishi video-konferensiya shaklida o’tkazildi. Unda O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirok etdi. Dastlab 2020-yilda bo’lib o’tgan musobaqalar qo’mita a’zolari tomonidan atroflicha tahlil etildi va xulosalar chiqarildi. 2021-yilda hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha amalga 

Batafsil

Futzal bo’yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston terma jamoasi Marokashdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini boshladi. 14 nafar futzalchidan iborat terma jamoamiz kecha Rabot shahriga yetib bordi va Marokash futbol assotsiatsiyasi sport kompleksida dastlabki mashg’ulotlarni o’tkazdi. Futzalchilarimiz 7-8 noyabr kunlari o’rtoqlik uchrashuvlarida Marokash vakillari bilan bahslashadi.