Free ebooks Library zlibrary project

Futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. Bahodir Ahmedov murabbiyligidagi futzal terma jamoamiz bugundan o’quv-mashg’ulot yig’inini boshlaydi. Murabbiylar shtabi mazkur yig’inga 20 nafar futzalchini jalb etdi. Yig’in davomida terma jamoamiz Qirg’iziston hamda Tojikiston vakillari bilan o’zaro o’rtoqlik o’yini o’tkazadi. Dastlab futzalchilarimiz 17-noyabr kuni Qirg’iziston terma jamoasi bilan kuch sinashadi. 19-noyabr 

Batafsil

Vadim Abramov boshchiligidagi O’zbekiston milliy terma jamoasi BAAdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini davom ettirmoqda. Jamoa vakillari bugundan Iroqqa qarshi o’rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlikni boshladi. Murabbiylar shtabi kecha Suriyaga qarshi o’yinda maydonga tushgan futbolchilarga yengil yuklamalar berdi va ular mashg’ulotlarni alohida bo’lib o’tkazdi. Xitoyning “Shenyang Urban” klubida to’p surayotgan hamyurtimiz Islom To’xtaxo’jayev bugundan Milliy jamoamiz mashg’ulotlarida to’laqonli ishtirok etdi. 

Batafsil

O’zbekiston milliy terma jamoasi BAAda o’tayotgan o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasida dastlabki o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazdi. “Sharja” stadioni mezbonlik qilgan mazkur bahsda Milliy jamoamiz a’zolari Suriya vakillariga qarshi maydonga chiqdi. Ikkinchi bo’lim avvalida Mahmud Al Mavas tomonidan Abduvohid Ne’matov qo’riqlayotgan darvozaga kiritilgan yagona gol yakunda Suriyaga 1-0 hisobidagi g’alabani taqdim etdi. Xalqaro o’rtoqlik uchrashuvi Suriya 1-0 O‘zbekiston Gol: 

Batafsil