Toshkent shahrida 25-martdan 30-martga qadar O‘FAning “D” litsenziyasi uchun murabbiylik kurslari tashkil etildi. O’FA Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida o’tgan ushbu kursda instruktorlik vazifasini Server Jeparov bajardi va unga Rustam Qurbanbayev assistentlik qildi. Kordinator sifatida esa Davron Qudratullayev faoliyat olib bordi. Mazkur kursda 20 nafar murabbiy qatnashdi va o’quv kursi 6 kun davom etdi. O’quv kursi
Kecha Ravshan Haydarov murabbiyligi ostidagi yoshlar terma jamoamiz “Antalya Cup 2021” xalqaro turniri 2-tur uchrashuvi oldidan rasmiy mashg’ulot o’tkazdi. O’zbekiston U22 terma jamoasi bugun mazkur turnir doirasida Ukrainaga qarshi maydonga tushadi. Bahs O’zbekiston vaqti bilan soat 19.00 da start oladi. “Antalya Cup 2021” xalqaro turniri Antalya, Turkiya 2-tur | 27.03.2021, Ukraina – O’zbekiston
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida O’FA birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov hamda Tojikiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Dilshod Jurazoda boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O’zbekiston va Tojikistonda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, futbol hakamlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning o‘zaro tajriba almashishini ta’minlash bo’yicha har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari keng muhokama etildi. Shuningdek, Milliy hamda
29-mart kuni O’zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Iroq vakillariga qarshi maydonga tushadi. Chiptalar oldi-sotdisi jarayonini tartibga solish, chiptalarning olib-sotarlar qo‘lida qaytadan sotilishining oldini olish hamda muxlislar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ushbu o’yin chiptalari Iticket.uz rasmiy kassalari va onlayn platformasida sotuvga chiqariladi. Chiptalar narxi 20-25 ming so’mni tashkil etadi. CIP sektorlar uchun narx 50 ming
Yurtimizda o’tadigan ayollar o’rtasidagi Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 29-mart kuni o’quv-mashg’ulot yig’inini boshlaydi. Olmaliq shahrida o’tadigan mazkur yig’inga bosh murabbiy Bahrom Norsafarov 23 nafar futbolchini jalb etdi. Ikki hafta davom etadigan yig’in davomida ushbu terma jamoamiz Hindiston va Belarus vakillariga qarshi maydonga tushadi. 5- va 11-aprel kuni tashkil