Free ebooks Library zlibrary project

12-avgust kuni Belarus poytaxti Minsk shahrida II MDH o‘yinlarining futzal bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Turnirda O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Shuhrat Tojiboyev shogirdlari musobaqa davomida 4 ta o’yin o‘tkazib, ikki g‘alaba, bir durang va bir mag‘lubiyat qayd etdi. Ahamiyatli tomoni shundaki, terma jamoa sardori Fazliddin Botirov 4 ta gol bilan musobaqa to‘purari bo‘ldi. Shuningdek, 

Batafsil

Bugun “Paxtakor” stadionida o‘rnatilgan yodgorlik va Botkin qabristonida 1979-yil 11-avgust kuni sodir bo‘lgan aviahalokat natijasida hayotdan ko‘z yumgan jamoa a’zolarini xotirlash tadbiri o‘tkazildi Unda futbol jamoatchiligi, mutaxassislar, faxriylar, klub rahbariyati va muxlislar ishtirok etdi. Jamoa tarkibida to‘p tepgan To‘lagan Isoqov sobiq jamoadoshlarini xotirlar ekan, “Paxtakor” butun O‘zbеkistonni dunyoga tanitgani, muxlislarning faxri bo‘lgani, fojia sababli futbolimiz 

Batafsil

Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov “Mirabror Usmanov Memorial Cup-2023” turniri oldidan jamoalar bosh murabbiylari ishtirokidagi matbuot anjumanida ishtirok etib, turnir haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi Turnir haqida – Avvalambor, ushbu turnirni tashkil etayotgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga minnatdorlik bildiraman. Bu kabi jamoalarga qarshi o‘yinlar muhim turnirlarga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari 

Batafsil

OAV va muxlislar diqqatiga! 11-avgust kuni “Mirabror Usmonov xalqaro xotira turniri”ning tantanali ochilish marosimi oʻtkaziladi. Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi birinchi oʻyinda BAAga qarshi maydonga tushadi. “Mirabror Usmanov Memorial Cup-2023” 18:30 — Musobaqaning tantanali ochilish marosimi 19:00 — Oʻzbekiston – BAA (“Bunyodkor” stadioni) Barcha uchrashuvlarga kirish bepul!

Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishdi. Askar Xalmuratov shogirdlari 14-avgustga qadar yurtimizda mashgʻulot oʻtkazadi. Shundan so‘ng jamoa “Telki Cup” xalqaro oʻrtoqlik turnirida ishtirok etish uchun Vengriyaga joʻnab ketadi. Ushbu turnirda Vengriya, Islandiya va Xorvatiya jamoalari ham ishtirok etadi. Bosh murabbiy tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing