Free ebooks Library zlibrary project

OFK bosh kotibining o‘rinbosari Shin Man Gil, OFK musobaqalarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Avaz Berdiqulov va musobaqalarni o‘tkazish menejeri Xinan Yin yurtimizda boʻlib turganidan xabaringiz bor. Bugun OFK vakillari Milliy futbol markaziga tashrif buyurib, yangi bunyod etilgan zamonaviy futbol infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamrohligida mehmonlar sport tibbiyoti markazi, 

Batafsil

Yurtimiz so‘nggi yillarda FIFA va OFK miqyosidagi yirik musobaqalarni qabul qilish borasida katta qadamlar tashlamoqda. Xususan, tarixda ilk bor 2029-yilda ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida mazkur musobaqaga tayyorgarlik rejalari muhokama qilindi. Uchrashuvda O‘FA rahbariyati, OFK bosh kotibining o‘rinbosari Shin Man Gil, OFK musobaqalarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Avaz Berdiqulov va 

Batafsil

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Sharja shahrida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz, yig‘in doirasida Venesuela, Kot-D’Ivuar va Burkina-Faso U-17 terma jamoalariga qarshi bahs olib borishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, 17 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionati joriy yilning 3–27-noyabr kunlari Qatar yashil maydonlarida boʻlib oʻtadi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 1-noyabr kuni Doha shahriga yetib boradi.