Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Hayrdarov uchrashuvdan soʻng matbuot anjumanida ishtirok etdi. Oʻyin haqida: Indoneziyaga qarshi oʻyin biz uchun juda muhim edi. Shu sababli bor eʼtiborimizni mazkur oʻyinga qaratgan edik. Uchrashuvda gʻalaba qozonishni maqsad qilgandik, biroq bir nechta vaziyatlardan foydalana olmadik. Raqiblarimiz ham ajoyib oʻyin koʻrsatishdi, ular himoyada ancha tartibli oʻynashdi. Tarkibdagi oʻzgarishlar
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogining 3-turida Indoneziyaga qarshi oʻyin oʻtkazdi. Fargʻonaning “Istiqlol” stadionida oʻtgan bahsda darvozalar dahlsizligi saqlanib qolindi. 🇺🇿 Oʻzbekiston 0:0 Indoneziya 🇮🇩 Mazkur uchrashuvdan soʻng Ravshan Haydarov jamoasi 7 ochko jamgʻargan holda “A” guruhidan peshqadam sifatida keyingi bosqichga yoʻl oldi. Vakillarimiz chorak finalda Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi.
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Urugvayga qarshi ikkinchi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushdi. Uchrashuv mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Terma jamoamizning goliga Lazizbek Mirzayev mualliflik qildi. 🇺🇾 Urugvay 2:1 Oʻzbekiston 🇺🇿 Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining tarkibi: Asilbek Numonov MuhammadBobur Karimov Ozodbek Uktamov Lazizbek Mirzayev Amirbek Saidov Behruz Djumatov Shodiyor Shodiboyev Ollabergan Karimov Sherzod Abdulboriyev Oybek Oʻrmonjonov Dilshod Abdullayev
Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Braziliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etdi. Mazkur uchrashuv mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Braziliya 5:0 Oʻzbekiston Eslatib oʻtamiz, ikkinchi uchrashuv ertaga 5-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogining ikkinchi turida Iroq U-20 jamoasiga qarshi maydonga tushdi. “Bunyodkor” stadionida oʻtkazilgan bahsda yoshlarimiz irodali gʻalabani qoʻlga kiritdilar. 🇮🇶 Iroq 0:1 Oʻzbekiston 🇺🇿 Gol: Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 17ʼ. Chetlatish: Shahzodbek Rahmatullayev 44ʼ.