Bugun Viktoriya Sirota boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 qizlar terma jamoasi Women’s U-16 UEFA Development tournament 2025 turniri doirasida Belarusga qarshi bahsda maydonga tushdi. “ABFF Manej” arenasida boʻlib oʻtgan bahsda jamoamiz mag‘lub bo‘ldi. Belarus 5:0 Oʻzbekiston
Bugun OʻFAda terma jamoalar murabbiylari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi, unda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari tahlil qilinib, kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi. Oʻzbekiston U-15, U-16, U-18, shuningdek, U-20 qizlar va ayollar milliy terma jamoalarining yigʻinlari, ularga jalb etilgan futbolchilar hamda oʻyinlar muhokama qilindi. Terma jamoaga nomzod futbolchilarni seleksiya qilish, oldinda turgan musobaqalarga reja asosida tayyorgarlik koʻrish, futbolchilarning jismoniy va
Ayder Kurbayev boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi 28-aprel kuni Toshkent shahrida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga kirishadi. 7-maydan boshlab yigʻinning ikkinchi qismi Armanistonning Yerevan shahrida davom etadi. Jamoamiz 8-12-may kunlari “UEFA Rivojlanish kubogi”da ishtirok etadi. Bosh murabbiy tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Lars Hopp boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-14 terma jamoasi 4-may kuni Toshkent shahrida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga kirishadi. 7-maydan boshlab yigʻinning ikkinchi qismi Armanistonning Yerevan shahrida davom etadi. Jamoamiz 8-12-may kunlari “ UEFA Rivojlanish kubogi”da ishtirok etadi. Bosh murabbiy tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Uchrashuvda turli yosh toifalaridagi terma jamoalar murabbiylari, seleksionerlar, bolalar-oʻsmirlar futboli boʻyicha masʼul xodimlar ishtirok etdi. Unda seleksiya jarayonlarining ilmiy yondashuv asosida tashkil etish, turnirlar, raqamli tahlil vositalari, videoatahlil va maʼlumotlardan samarali foydalanish boʻyicha fikr almashildi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar yordamida futbolchilarni aniqlash va baholash uslublari muhokama qilindi. “Sportbase” tahliliy platformasi vakillari sunʼiy intellekt yordamida futbolchilar harakatini