2007-yilda tugʻilgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston U-18 terma jamoasi iyun oyida Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini oʻtkazadi. Vakillarimiz yig‘in doirasida Belarus yoshlar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. 4, 7-iyun
Oʻzbekiston — Belarus
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov va jamoa futbolchisi Sadriddin Hasanov KXDRga qarshi oʻyin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi. Islombek Ismoilov: — Raqibimiz bu bosqichga qadar yaxshi o‘yin namoyish etdi. KXDR yuksak jismoniy tayyorgarlikka ega jamoa. Ushbu jamoaning turnirdagi o‘yinlarini tahlil qilganimizda, 90 daqiqa davomida tinimsiz pressingda ishlayotganiga guvoh bo‘ldik. Bir qancha taktik
Bugun Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan 52-sonli maxsus ehtiyojli bolalar maktabida OFK tashabbusi bilan “Biz hammamiz tengmiz” shiori ostida futbol festivali boʻlib oʻtdi. Unda OʻFA rahbariyati, Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov, Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite hamda terma jamoa futbolchilari ishtirok etib, bolalarga esdalik sovgʻalari topshirdi. Bolalarning yuzidagi
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda O‘zbekiston Professional futbol ligasining 2025-yilning 9-yanvarida yuborgan 01/10-sonli xatiga asosan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi hakamlari Aziz Asimov, Rahim Karimov, Akobirxo‘ja Shukurullayev, Abdurashid Xudoyberganov hamda Firdavs Norsafarovlarning sport musobaqalari natijalariga ta’sir o‘tkazishga aloqadorligi to‘g‘risidagi ish koʻrib chiqildi. O‘FA Etika qo‘mitasiga taqdim etilgan hujjatlarga asoslanib, qo‘mita tomonidan
2010-yilda tugʻilgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi 14-20-aprel kunlari Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Ayder Kurbayev boshqaruvidagi oʻsmirlarimiz yigʻin davomida bir qator nazorat uchrashuvlari oʻtkazishi rejalashtirilgan. Bosh murabbiy tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.