Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Tadbirlar bolalar festivali bilan boshlandi va unda 300 nafar sport maktablari tarbiyalanuvchilari yig‘ildi. So‘ngra tadbirlar tarixiy “Labi Hovuz” majmuasi hududiga ko‘chdi va keng auditoriyaga bo‘lajak chempionat haqida ko‘proq ma’lumot olish imkoniyati taqdim etildi. Tadbirda mahalliy aholi, xorijliklar, yosh sportchilar faol ishtirok etishdi, tanlovlarda qatnashishdi, raqsga tushishdi va albatta, kubok bilan suratga tushish imkoniyatiga ega boʻlishdi. 

Batafsil

16-avgust kuni Urganch shahrida futzal bo‘yicha Jahon chempionati-2024 kubogi taqdimoti – “Trophy Experience” tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbir ayniqsa sport maktablari tarbiyalanuvchilarida katta qiziqish uyg‘otganini ta’kidlash lozim. Tadbirda yosh sportchilar yig‘ilganlarga o‘z mahoratlarini namoyish etib olqishlar olishdi. “Trophy Experience” tadbirining navbatdagisi 17-avgust kuni Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Barcha qiziquvchilarni soat 19:00da “Labi Hovuz”maydonida kutib qolamiz.  

Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida oʻtadigan futzal boʻyicha 2024-yilgi mundialda dunyoning eng kuchli 24 jamoasi jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. Muxlislarni unutilmas lahzalar kutib turibdi! FIFA tomonidan 10-bor tashkil etilayotgan musobaqa boshlanishiga esa 30 kun qoldi. FIFA Futsal World Cup Uzbekistan 2024™ 14-sentyabr — 6-oktyabr Oʻzbekiston

12-avgust kuni Futzal boʻyicha Jahon chempionati bosh sovrini Namanganda muxlislarga taqdim etildi. Bosh sovrin taqdimoti viloyatdagi “Afsonalar vodiysi” bogʻida oʻtkazildi. Ushbu tadbir koʻplab futbol va futzal muxlislarini oʻzida jamladi. Qiziqarli tanlov va viktorinalarda ishtirok etganlar esdalik sovgʻalarini qoʻlga kiritdilar. Tadbirning navbatdagi manzili — Nukus shahri.