“Yilning eng yaxshi futzalchisi” Futzal boʻyicha Jahon chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan, shuningdek, Oʻzbekiston chempionatida yorqin oʻyinlar namoyish etib kelayotgan futzalchilarimiz — Davron Choriyev, Husniddin Nishonov va Dilshod Rahmatov yakuniy nomzodlarning uchligidan oʻrin oldilar. Jurnalistlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra, Oʻzbekiston futzal terma jamoasi va “Huaxin-Jizzax” klubi futzalchisi Dilshod Rahmatov “Yilning eng yaxshi futzalchisi”ga aylandi.
Oʻzbekiston futzal terma jamoasi va “Huaxin-Jizzax” klubining bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov “Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi” sovrini bilan taqdirlandi. Uning qoʻl ostida Oʻzbekiston futzal terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionatining guruh bosqichidan chiqa oldi. Jamoa barcha uchrashuvlarda raqiblarga munosib qarshilik koʻrsatdi va xalqimizning mehriga sazovor boʻldi.
Futzal. Yil futzalchisi boʻlishga nomzodlar: Anasxon Rahmatov (“Huaxin-Jizzax” va Oʻzbekiston futzal terma jamoasi) — Jahon chempionati-2021 ishtirokchisi, Oliy liga-2020/21 bronza medali sohibi Davron Choriyev (“Huaxin-Jizzax” va Oʻzbekiston futzal terma jamoasi) — Jahon chempionati-2021 ishtirokchisi, Oliy liga-2020/21 bronza medali sohibi Ravshan Elibayev (“Lokomotiv” va Oʻzbekiston futzal terma jamoasi) — Jahon chempionati-2021 ishtirokchisi Dilshod Rahmatov (“Huaxin-Jizzax” va
Futzal. Yil murabbiyi bo’lishga nomzodlar: Shuhrat Tashmedov (“Paxtakor”) — O’zbekiston chempioni 2020/21 Bahodir Ahmedov (O’zbekiston futzal terma jamoasi va “Huaxin-Jizzax”) — Jahon chempionati-2021 ishtirokchisi Ahadjon Yusupov (“Lokomotiv”) — O’zbekiston kubogi-2020/21 sohibi.
Futzal boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi qozogʻistonlik futzalchilarga qarshi uchrashuvda toʻliq oq rangda maydonga tushadi, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi. Uchrashuv 18:00 da “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.