Xose Venansio Lopes tomonidan Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasining navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini va Tojikiston futzal terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik o‘yinlariga jalb etilgan futzalchilar roʻyxati. Yig‘in 26-fevraldan 5-martga qadar davom etadi.
Bugun 11-fevral kuni “CAFA Women’s Futsal Championship-2024” turnirida ishtirok etayotgan Oʻzbekiston ayollar futzal terma jamoasi Qirgʻiz Respublikasini yirik 8:2 hisobida magʻlub etdi. Jamoamizning gollariga Safina Rushaniya (1’), Feruza Turdiboyeva (8’, 20’), Shodiya Tosheva (24’), Maftuna Panjiyeva (25’), Omina Valixonova (29’), Holida Dadaboyeva (40’) mualliflik qildi. Yana bir gol raqib futzalchisi hisobiga yozildi. Shu tariqa, Farruh
Bugun 9-fevral kuni “CAFA Women’s Futsal Championship-2024” tunrida ishtirok etayotgan Oʻzbekiston ayollar futzal terma jamoasi Tojikistonga qarshi bahs olib bordi va 7:0 hisobida g’alaba qozondi. Jamoamizning gollariga Feruza Turdiboyeva (10’), Madina Voxidova (14’, 15’), Safina Rushaniya (22’, 31’) hamda Omina Valixonova (25’, 39’) mualliflik qildi. Farruh Zokirov boshqaruvidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 11-fevral
Bugun 9-fevral kuni Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Belarusga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini oʻtkazdi. Ushbu bahsda vakillarimiz 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Mazkur uchrashuvdagi gollarga Dmitriy Shimanovski (2’) va Vladislav Sialyuk (11’) mualliflik qildi. Bahs avvalida esa kuni kecha 60 yillik yubileyini nishonlagan futzal murabbiyi Aleksandr Petrov esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Bugun 7-fevral kuni Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Belarusga qarshi nazorat uchrashuvi oʻtkazdi. Ushbu bahsda vakillarimiz 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Jamoamizning gollariga Abror Ahmetzyanov (38’) va Dilshod Rahmatov (39’) mualliflik qildi. Ushbu jamoalar o’rtasidagi ikkinchi bahs 9-fevral kuni soat 16:00 da start oladi.