Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekistonda ilk bor 12 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha chempionat yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu musobaqa FIFAning League Development Programme (Ligalarni rivojlantirish dasturi) doirasida tashkil etilib, yurtimizda ayollar futbolini rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli loyihaning muhim bosqichidan biri hisoblanadi Chempionatning asosiy maqsadlari: • Kichik yoshdagi qizlar orasida futbolga qiziqishni oshirish; • Yangi boshlayotgan futbolchi qizlar uchun doimiy 

Batafsil

O‘zbekiston U-17 qizlar terma jamoasi Toshkent shahridagi “Chig‘atoy” sport bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi. Viktoriya Sirota boshqaruvidagi jamoamiz joriy yilning 26-apreldan 3-maygacha Belarussiyaning Minsk shahrida futbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida “WU-16 Development Tournament 2025” xalqaro musobaqasida ishtirok ishtirok etadi. 26-aprelga qadar Toshkent shahrida mashg‘ulotlarda ishtirok etadi. Bosh murabbiy tomonidan yigʻiniga jalb etilgan futbolchilar bilan tanishing.

2026-yilgi Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi Xitoyning Yongchuan shahri mezbonlik qilayotgan “CFA International Women’s Football Tournament” xalqaro o‘rtoqlik turniri doirasida Zambiya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 3:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Jamoamizning gollariga Feruza Turdiboyeva (51’) va Diyora Xabibullayeva (90’, 90+2’) mualliflik qildi.

Xitoyning Yongchuan shahrida boʻlib oʻtayotgan “CFA International Womenʼs Football Tournament Yongchuan 2025” musobaqasida Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi ishtirokini boshladi. Turnirdagi ilk uchrashuvda vakilalarimiz mezbon Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Ushbu bahsda Oʻzbekiston terma jamoasi 0:5 hisobida magʻlubiyatga uchradi.