Bugun, 23-noyabr kuni Ayollar futboli boʻyicha 2024-yilgi Oʻzbekiston kubogining final uchrashuvi o’tkazildi. Unda “Sevinch” va “OKMK-Women” jamoalari o’zaro bahs olib borishdi. “Sevinch” 4:0 hisobidagi g’alaba evaziga bosh sovringa ega chiqdi.
O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Xitoy mezbonlik qilayotgan CFA International “A” Women’s Football Tournament 1-tur uchrashuvini Vyetnamga qarshi o’tkazdi va 0:2 hisobida mag’lub bo’ldi. Eslatib o’tamiz, Vladimir Panov boshqaruvidagi jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 26-oktyabr kuni Xitoyga qarshi o’tkazadi.
Bugun Viktoriya Sirota boshchiligidagi U-18 qizlar terma jamoasi Ozarbayjonga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini o’tkazdi. Uchrashuvda vakillarimiz 1:0 hisobida g’alabaga erishdi. O‘zbekiston 1:0 Ozarbayjon Jamoamizning yagona goliga Asalxon Aminjonova (88’, penalti) mualliflik qildi.
Bugun Viktoriya Sirota boshchiligidagi U-18 qizlar terma jamoasi Ozarbayjonga qarshi nazorat uchrashuvini o’tkazdi. Uchrashuvda vakillarimiz 7:0 hisobida g’alabaga erishdi. O‘zbekiston 7:0 Ozarbayjon Jamoamizning gollariga Zarina Norboyeva (3′, 6′), Laziza Jumaboyeva (18′, 23′, 70′) Asalxon Aminjonova (29′) va Nargiza Mamataliyeva (90+2′) mualliflik qildi.
Bugun Futzal boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi. Yigʻin doirasida jamoamiz Xitoyda “CFA International Women’s Futsal Tournament Lanzhou 2024” xalqaro turnirida ishtirok etadi. Yigʻinga jalb etilgan futbolchilar bilan tanishing.