Free ebooks Library zlibrary project

Bugun “Bunyodkor” stadionida 2026-yilgi ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichining “F” guruhi 2-tur o‘yinlariga start berildi. Kotrina Kulbite boshqaruvidagi Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi Laos terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 7:0 hisobida g’alaba qozondi. Jamoamizning goliga, Diyoraxon Xabibullayeva (32’), Umida Zoirova (33’), Nilufar Qudratova (48’, 90+3’), Maftuna Shoyimova (81’, 90+2’), Asalxon Aminjonova (85’) mualliflik 

Batafsil

Bugun “Bunyodkor” stadionida 2026-yilgi ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichining “F” guruhi o‘yinlariga start berildi. Unda O‘zbekiston, Nepal, Laos va Shri-Lanka ayollar terma jamoalari guruh g’olibligi va qit’a musobaqasi yo’llanmasi uchun bahs olib borishadi. Kotrina Kulbite boshqaruvidagi Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi ilk turda Shri-Lanka terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 10:0 hisobida g’alaba qozondi. 

Batafsil

2026-yilgi ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 25-maydan 4-iyunga qadar Hindistonning Bangalor shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Jamoamiz yig‘in doirasida 30-may, 3-iyun kunlari Hindiston terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. 🗓 30-may, 3-iyun 🇮🇳Hindiston 🆚 Oʻzbekiston 🇺🇿 🏟Hindiston, Bangalor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan qizlar o’rtasida ilk bor futzal bo‘yicha “Talaba qizlar ligasi-2025’’ turniri tashkil etilmoqda. Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida musobaqani o‘tkazish bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya rahbarlari ishtirokida yig‘ilish va qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘FA rahbariyati 

Batafsil