Bugun 12-oktyabr kuni Milliy futbol markazida Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Qozog‘istonga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g’alaba qozondi. Jamoamizning goliga Firdavs Abdurahmonov (84′) mualliflik qildi. Jamoalar o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv 14-oktyabr kuni Milliy futbol markazida o‘tkaziladi.
Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi Ozarbayjonga qarshi ikkinchi uchrashuvini oʻtkazdi. Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari mazkur bahsda gʻalabaga erishishdi. 🇺🇿 Oʻzbekiston 3:1 Ozarbayjon 🇦🇿 Gollar: Quvonch Abrayev 25’, 57’, Diyor Tojiboyev 90+3’ — Shahismayil Jafarov 16’. Boshlangʻich tarkib: 1. Alishan Abdutolipov 3. Ozod Odiljonov 4. Behruz Karimov 5. Azizbek Toʻlqinbekov (s) 7. Quvonch Abrayev 8. Abdulfayz Bobomurodov 11.
Ravshan Haydarov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi Qozogʻistonga qarshi oʻyin oldidan mashgʻulot oʻtkazdi. Jamoalar oʻrtasidagi uchrashuv ertaga soat 17:00 da “Doʻstlik” stadionida boʻlib oʻtadi. Bugungi mashgʻulotlardan fotogalereya
Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi Ozarbayjonga qarshi oʻyin oldidan mashgʻulot oʻtkazdi. Jamoalar oʻrtasidagi uchrashuv ertaga soat 16:00 da Milliy futbol markazi maydonida boʻlib oʻtadi. Bugungi mashgʻulotlardan fotogalereya
Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi Ozarbayjonga qarshi oʻyin oʻtkazdi. Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi yoshlarimiz dastlabki oʻyinda durang qayd etishdi. 🇺🇿 Oʻzbekiston 0:0 Ozarbayjon 🇦🇿 Eslatib oʻtamiz, jamoalar oʻrtasidagi keyingi uchrashuv 12-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.