Free ebooks Library zlibrary project

Tailand yashil maydonlarida o‘tadigan Osiyo chempionati start olishiga ham sanoqli kunlar qoldi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tokio-2020 olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun bahs olib boradi.

Terma jamoamiz yetakchilaridan biri Bobur Abdixoliqov O‘FA rasmiy saytiga musobaqa oldi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– Terma jamoamiz Osiyo chempionatiga tayyor. Bugunga qadar ko‘plab yig‘inlar, o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etdik. Endi oldinda bizni mas’uliyatli uchrashuvlar kutib turibdi. Guruhimiz ancha kuchli terma jamoalardan tashkil topgan. Biz har bir raqibni hurmat qilamiz, lekin ulardan aslo qo‘rqayotganimiz yo‘q. Maqsadimiz – Osiyo chempioni bo‘lish, shuning uchun ham musobaqadan faqat ijobiy natijalarni kutyapman. O‘z o‘rnida men ham ko‘proq gol urib, terma jamoamiz g‘alabalariga xissa qo‘shish niyatidaman, – dedi mahoratli futbolchi.