Free ebooks Library zlibrary project Bitcore Vision

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo kubogi finali va Parij-2024 Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgani haqida fikr bildirib oʻtdi.

“Bilasizlarmi, penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim. Uning oʻrniga oʻzim boʻlsam, deyman-da. Nimaga bunday boʻlishi kerak ekan-a, bittagina toʻp-a? Shunday mahorat koʻrsatdi, ularning koʻpi bilan gaplashdim. Ularga telegramma yubordim.

Endi biz ham darrov chempion boʻlamiz deymiz-da. Birinchi marotaba jamoaviy turda Olimpiadaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdik. Bu ham katta yutugʻimiz.

Futbol ham oson ish emas. Bilasizlarmi, hozirda 5-6 ta nafar bolalarimiz dunyoga mashhur jamoalarda toʻp surmoqda. Bundan esa faxrlanaman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.