Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 2022-yilgi Osiyo kubogi saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rish maqsadida Toshkent shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini olib boradi.

Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi ayollar terma jamoamiz “Chig’atoy” bazasida 10-17 dekabr kunlari mashg’ulot o’tkazadi. Murabbiylar shtabi ushbu o’quv-mashg’ulot yig’iniga 23 futbolchini jalb etgan.

Kelasi yili sentyabr oyida bo’lib o’tadigan saralash turnirini O’zbekistonda qabul qilish bo’yicha O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi OFKga murojaat yo’llagan. Saralash bahslari mezbon mamlakatlar nomi va qur’a tashlash marosimi kelasi yili mart-aprel oyida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

Yig’inga chaqiruv olgan futbolchilar ro’yxati:

Ism-familyasi Ampluasi Klubi
1. Gulandon Boymatova Darvozabon “Metallurg”
2. Zarina Saidova Darvozabon “Bunyodkor”
3. Zuxraxon Abduraximova Himoyachi “Navbahor”
4. Madina Hikmatova Himoyachi “Paxtakor”
5. Shodiya Tosheva Himoyachi “Sevinch”
6. Moxira Jo’raboyeva Himoyachi “Metallurg”
7. Yulduz Hamdamov Himoyachi “Paxtakor”
8. Nozima Komoltoyeva Himoyachi “Metallurg”
9. Yulduz Nabiyeva Himoyachi “Metallurg”
10. Madina Yusupova Himoyachi “AGMK”
11. O’g’iloy Ilasheva Himoyachi “AGMK”
12. Oybarchin Turg’unova Yarimhimoyachi “Paxtakor”
13. E’zoza Sharipova Yarimhimoyachi “So’g’diyona”
14. Muxlisa Mardiyeva Yarimhimoyachi “Metallurg”
15. Setora Takaboyeva Yarimhimoyachi “Metallurg”
16. Durdona Baxtiyorova Yarimhimoyachi “Paxtakor”
17. Gulchexra Eshmamatova Yarimhimoyachi “Bunyodkor”
18. Madina Vohidova Yarimhimoyachi “Paxtakor”
19. Maftuna Panjiyeva Yarimhimoyachi “Sevinch”
20. Nilufar Dadajanova Yarimhimoyachi “Navbahor”
21. Dildora Ergasheva Hujumchi “Lokomotiv”
22. Lianna Narbekova Hujumchi “So’g’diyona”
23. Gulzoda Amirova Hujumchi “Sevinch”