Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov o‘z arizasiga binoan ishdan ketdi.

2018-yilning mart oyidan buyon O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Abduraimov bugun iste’foga chiqish bo‘yicha ariza yozdi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi murabbiyga faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va unga kelgusida omad tilaydi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini endilikda qaysi mutaxassis boshqarishi yaqin kunlar ichida ma’lum qilinadi.