Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi o’quv-mashg’ulot yig’inini boshladi.
Olmaliq shahrida start olgan mazkur yig’inga bosh murabbiy Bahrom Norsafarov 23 nafar futbolchini jalb etdi.
Yig’in davomida O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 5 va 11-aprel kunlari OKMK stadionida Hindiston va Belarus vakillariga qarshi maydonga tushadi.
Xalqaro o’rtoqlik uchrashuvlari
5-aprel
O’zbekiston – Hindiston
11-aprel
O’zbekiston – Belarus