Free ebooks Library zlibrary project

Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Olmaliqdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini davom ettirmoqda.

Bugun Bahrom Norsafarov shogirdlari OKMK stadionida Hindiston vakillariga qarshi o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazdi.

Ayollar milliy terma jamoamizning yaqqol ustunligida o’tgan bahsda Hindiston jamoasi 1-0 hisobida mag’lub etildi. Bir nechta qulay imkoniyatlardan foydalanishda vakillarimizga omad kulib boqmadi. Biroq o’yinning 87-daqiqasida Maftuna Shoyimova jarima zarbasidan raqib darvozasini qoyilmaqom tarzda ishg’ol etdi va ushbu gol vakillarimizga g’alaba taqdim etdi.

Xalqaro o’rtoqlik uchrashuvi

5-aprel, 2021 | OKMK stadioni, Olmaliq

O’zbekiston 1-0 Hindiston

Gol: Maftuna Shoyimova 87′