Xabaringiz bor, joriy yilning 13-18 avgust kunlari O’zbekiston o’smirlar terma jamoasiga munosib nomzodlarni saralash maqsadida Toshkent viloyatida 2005-yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilardan iborat hududiy terma jamoalari o’rtasida Respublika musobaqasi o’tkazildi. Mazkur bellashuvlarda o’z iqtidorini namoyish etgan yosh futbolchilar O’zbekiston U16 terma jamoasiga jalb etildi. Server Jeparov murabbiyligi ostidagi o’smirlar jamoamiz kecha “Chig’atoy” stadionida o’quv-mashg’ulot yig’ini boshladi. 

Batafsil

Avval xabar berganimizdek, futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazish uchun Ispaniyaga yo’l oldi. Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida futzalchilarimiz jahonning yetakchi terma jamoalari bilan bahs olib boradi. Bugun Madrid shahriga yetib borgan futzal terma jamoamiz kunning ikkinchi yarmida mashg’ulotlarni boshladi. Murabbiylar shtabi asosan tiklanish mashqlariga urg’u berdi. Eslatib o’tamiz, ertaga Bahodir 

Batafsil

O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi mutaxassislar Toshkent shahrida joylashgan futbol mahorat maktabiga tashrif buyurdi. O’FA mutasaddilari 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturidan o’rin olgan rekonstruksiya ishlarini ko’zdan kechirib, mas’ul quruvchi tashkilot vakillari bilan uchrashdi. Ravshan Ermatov ushbu hudduda davom etayotgan qurilish-rekonstruksiya ishlarini yanada jadallashtirish, futbol maydonlari va sport zallarini sifatli tarzda barpo etish hamda zamon 

Batafsil

Bilasiz, O’zbekiston U15 terma jamoasi o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazish uchun kecha Tojikiston poytaxtiga yetib bordi. Dushanbe shahridagi “Atlas” mehmonxonasiga joylashgan Server Jeparov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz kunning ikkinchi yarmida dastlabki mashg’ulotlarni o’tkazdi. O’smirlarimiz mazkur yig’in davomida tojikistonlik tengdoshlari bilan ikkita xalqaro o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Ertaga Dushanbedagi “Respublika Markaziy” stadionida mazkur jamoalar o’rtasida o’rtoqlik o’yini 

Batafsil