Bugun yurtimizda boʻlib oʻtayotgan Jahon chempionatining ikkinchi turi davom ettirildi.
Dastlab, Andijondagi “Universal” sport majmuasida “D” guruhi vakillari Liviya va Qozogʻiston terma jamoalari oʻzaro bahs olib bordi. Ushbu oʻyinda Qozogʻiston terma jamoasi 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Navbatdagi oʻyin Toshkent shahridagi “Humo arena”da “C” guruhi vakillari Angola va Ukraina terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Ushbu oʻyinda Ukraina terma jamoasi 7:2 hisobida gʻalaba qozondi.
Andijon shahrida kechki dasturlardan oʻrin olgan Ispaniya va Yangi Zelandiya terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin boʻlib oʻtdi. Unda ispanlar katta ustunlikka erishgan holda 7:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Kechki dasturlardan oʻrin olgan yana bir bahs “Humo arena”da Argentina va Afgʻoniston terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Unda Argentina terma jamoasi qiyinchilik bilan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Shu tariqa Argentina 2-turdan keyin, 6 ochko jamgʻargan holda 1/8 final bosqichiga muddatidan avval yoʻl oldi.