Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино вас ждут лучшие игры и привлекательные бонусы. Простая регистрация и зеркала для быстрого входа обеспечат вам комфортную игру. Не забудьте использовать промокоды для увеличения шансов на выигрыш.

Bugun, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot Kongressidan so’ng tadbirning ikkinchi qismida joriy yilgi futbol mavsumining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Futbolimiz faxriysi, ayni kunlarda muborak 90 yoshni qarshi olgan Lev Viktorovich Vaxtin “Oʻzbek futboli nuroniysi” sovriniga loyiq deb eʼtirof etildi. Sovrinni Farg’ona viloyati futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Nosir Otaqo’ziyev qabul qilib oldi.

U koʻp yillar davomida Oʻzbekistonda malakali futbolchi va mutaxassislarni tarbiyalanishida oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelgan.

Oʻzbek futbolining oʻtmishdagi yorqin yulduzlaridan biri, ayni paytda OʻFA Faxriylar kengashi raisi sifatida faoliyat olib borayotgan inson — Toʻlagan Isoqovga “Futbol fidoyisi” sovrini topshirildi.

Andijon FA — “Yilning eng yaxshi hududiy futbol assotsiatsiyasi” deb topildi.

Oʻtgan mavsumda “BMB” futzal jamoasi bilan birgalikda mavsum chempionligini qoʻlga kiritgan mutaxassis — Nodir Eliboyev mazkur sovringa loyiq deb topildi.

Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi yetakchilaridan biri, oʻtgan mavsum chempioni Husniddin Nishonov “Yilning eng yaxshi futzalchisi” sovrinini qoʻlga kiritdi.

“Sevinch” klubi vakilasi Umida Zoirova “Ayollar Oliy ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qoʻlga kiritdi.

“Sevinch” klubi bosh murabbiyi Vladislav Xan “Ayollar futboli boʻyicha yilning eng yaxshi murabbiyi” sifatida e’tirof etildi. Sovrinni “Sevinch” klubi yordamchi murabbiyi qabul qilib oldi.

“Soʻgʻdiyona” futbol klubi yetakchisi Diyora Habibullayeva ketma-ket uchinchi mavsum Oliy liganing eng yaxshi toʻpurariga aylanmoqda. Joriy yilga kelib Diyora chempionat doirasida raqiblari darvozasiga 61 ta toʻp kiritishga muvaffaq boʻldi.

20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi sohibi, yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati ishtirokchisi, Oʻzbekiston U-20, U-23 va milliy terma jamoalarida ishonchli oʻyin koʻrsatib kelayotgan iqtidor egasi — Abduqodir Husanov “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovriniga loyiq deb topildi.

Gulshoda Saidqulova va Ahrol Risqullayev “Yil hakami” sovrinini qoʻlga kiritdilar.

Shuningdek, “Oʻzbek futboli jonkuyari” unvoni bilan bir guruh mutasaddilar, mutaxassislar va futbol fidoyilari taqdirlandi:

Jahongir Usmanov va Bekzod Mamatqulov – Oʻzbekistonda futzalni rivojlanishiga oʻz hissani qoʻshayotgani, boʻlajak Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish ishlaridagi faolligi, dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri Xose Venansio Lopesni taklif etishda koʻrsatgan yordami uchun;

Avaz Azizxoʻjayev – Oʻzbekiston erkaklar va ayollar olimpiya terma jamoalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdagi xizmatlari uchun;

“Artel” kompaniyasi – futboldagi faol homiylik uchun;

Rashid Talipov – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sport boʻyicha mas’ul xodimi, hukumat qarorlarini ishlab chiqishda assotsiatsiyani doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlab kelayotgani uchun;

Shavkat Abdurazzakov – futbolning haqiqiy jonkuyari, Namangan viloyati hokimi sifatida viloyatdagi barcha futbol tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlagani uchun; Sovrinni Namangan viloyati futbol assotsiatsiyasi vitse prezidenti Shuhrat Mirxoldirshoyev qabul qilib oldi.

Alisher Xodjayev – futbol translyatsiyalarini amalga oshirish va yoritishda koʻrsatgan yordami uchun.

Yurtimiz mezbonlik qilgan U-20 Osiyo kubogida jamoasi bilan birgalikda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan mutaxassis Ravshan Haydarov — “Yilning eng yaxshi murabbiyi” sovriniga loyiq deb topildi.

Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi hamda “Sevinch” klubi yetakchisi Lyudmila Karachik “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” sovrinini qoʻlga kiritdi.

20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi sohibi, yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati ishtirokchisi, Oʻzbekiston U-20, U-23 va milliy terma jamoalarida ishonchli oʻyin koʻrsatib kelayotgan yosh iqtidor egasi — Abbosbek Fayzullayev “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovriniga loyiq deb topildi. Sovrinni uning otasi Saidjon Fayzullayev qabul qilib oldi.

Bugungi tadbir davomida Indoneziyada oʻtkazilgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatida munosib ishtirok etgan, dunyoning eng kuchli 8 jamoasi qatoridan oʻrin olgan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi ham taqdirlandi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo futbol kofederatsiyasi tomonidan 2023-yilning “Eng yaxshi assotsiatsiyasi” deb topildi. Shuningdek, Oʻzbekistondagi sport tashkilotlari orasida esa “Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi” deya eʼtirof etilganligidan xabaringiz bor.

Shu munosabat bilan mazkur sovrinlar OʻFA prezidenti Abdusalom Azizovga topshirildi.