Qadimgi Olimpiya vatanida (Gretsiya) Xalqaro Olimpiya Akademiyasi (XOA) binolari majmuasida taʼmirlash ishlari boshlandi.
Modernizatsiya jarayoni XOQning 12 million yevro miqdoridagi sarmoyasi asosida amalga oshirilyapti. Ushbu qaror avvalroq Xalqaro Olimpiya qoʼmitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax tomonidan qabul qilingan edi.
Akademiya 2021 yilda oʼzining 60 yilligi munosabati bilan qayta ish boshlaydi.
“Men akademiyaning XOQ idoralari bilan yaqindan ishlashini juda xohlayman. Xususan, Olimpiya madaniyati va merosi fondi, Olimpiya tadqiqotlari markazi, Olimpiya birdamligi markazi va XOQning korporativ tadbirlar va xizmatlar boʼlimi bilan Olimpiya qadriyatlarini targʼib etishga qaratilgan oʼquv seminarlarini rejalashtirmoqdamiz», dedi akademiya prezidenti Isidoros Kuvelos.
Xalqaro Olimpiya akademiyasi 1961 yilda tashkil etilgan. Taʼlim dasturlari ishtirokchilari chodirlarda (yoki palatkalarda) uxlashdi va ochiq havoda maʼruzalar tinglashdi. Doimiy binolar 1960-yillarning oxirida qurilgan va 90-yillarda yangi maʼruza teatr kompleksi qurilgan.
2007 yilda Peloponnesni qurshab olgan yongʼin paytida obʼektning baʼzi qismlari shikastlangan.
Turar joy binolari, restoran, dam olish maskanlari, sport inshootlari, konferentsiya xonalari va oʼquv xonalari zamonaviy talablar asosida rekonstruktsiya qilinishi rejalashtirilgan.
XOQ maʼlumotlariga asosan tayyorlandi.
Foto: XOQ
Manba: MOQ – Olympic.uz