Free ebooks Library zlibrary project

Bugun 8-sentyabr kuni Toshkent shahridagi “Olimpiya” stadionida “CAFA Nations Cup-2025” turnirining final uchrashuvi o‘tkazildi.

Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Jamoamizning goliga 120-daqiqada Hojiakbar Alijonov mualliflik qildi.

Shu tariqa, Milliy jamoamiz o‘z tarixida ilk bor “CAFA Nations Cup” turniri g‘olibiga aylandi.

Musobaqaning taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev FIFA prezidenti Janni Infantino bilan birgalikda ishtirok etishdi.