Bugun 6-sentyabr kuni Bishkek shahrida 2026-yilgi U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi “E” guruhi 2-tur uchrashuvlari o’tkazildi.
Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Qirg’iz Respublikasiga qarshi bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Jamoamizning gollariga Rustam Turdimurodov (11′) va Behruzbek Askarov (42′) mualliflik qildi. Shu tariqa Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi “E” guruhida 4 ochko bilan birinchi oʻrinni egallab turibdi.
Jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 9-sentyabr kuni Falastinga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs Bishkek shahridagi “Dolen Omurzakov” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 15:00da start oladi.
