Bugun “Do‘stlik” stadionida 2026-yilgi U-20 ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichining “G” guruhi 2-tur o‘yinlariga start berildi.
Vladimir Panov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Shimoliy Mariana Orollariga qarshi bahs olib bordi va 8:0 hisobida g’alaba qozondi.
Jamoamizning gollarga, Nilufar Nurmuhammadova 6’, 71′ Mehribon Egamberdiyeva 8’, 53′, Asalxon Aminjonova 30’, Shaxnoza Dekanbayeva 39’ Diyora Baxtiyorova 55′ hamda Dilnura Mamatqulova 80′ mualliflik qildi.
Guruhdagi ikkinchi bahsda Iordaniya 6:0 hisobida Bahrayndan ustun keldi.
O’zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi 3-tur uchrashuvini 10-avgust kuni Iordaniyaga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs g’olibi guruh g’olibligi va Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Shuningdek yana 3 ta yo‘llanma barcha guruhlarda 2-o’rinni egallagan jamoalar orasidan aniqlanadi.
