Free ebooks Library zlibrary project

Sergey Chigodayev boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi Indoneziyadagi xalqaro oʻrtoqlik turnirida ishtirok etadi. Jakarta mezbonlik qiladigan musobaqada U-17 Jahon chempionati ishtirokchilari — Indoneziya, Mali va Tojikiston U-17 terma jamoalari ishtirok etadi.

2008-yilda tugʻilgan futbolchilardan iborat terma jamoamiz Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish uchun sentyabr oyida Ispaniyada yigʻin oʻtkazgan holda Angliya, Kanada va Marokashga qarshi oʻyinlar oʻtkazishidan xabaringiz bor. Shu sababli, Indoneziyadagi musobaqada 2009-yilda tugʻilgan futbolchilardan iborat U-16 terma jamoamiz ishtirok etishi koʻzda tutilmoqda.

12-avgust
Mali U-17 — Oʻzbekiston U-16

15-avgust
Oʻzbekiston U-16 — Indoneziya U-17

18-avgust
Oʻzbekiston U-16 — Tojikiston U-17