Bugun Islombek Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Moskva shahrida SSKA klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Uchrashuvda vakillarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoamizning goliga Abubakir Shukurullayev (40’) mualliflik qildi.
O‘zbekiston U-17 terma jamoasining navbatdagi uchrashuvi 29-iyul kuni “Lokomotiv” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.
