Endilikda Oʼzbekiston U-14 terma jamoasiga yaqin oʼtmishning mohir yarim himoyachisi Server Jeparov ustozlik qilmoqda.
Mazkur terma jamoa 3-martdan poytaxtimizda navbatdagi oʼquv-mashgʼulot yigʼiniga kirishgani haqida xabar bergan edik. 2006-yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat terma jamoamiz 3-8-mart kunlari “Chigʼatoy” stadionida mashgʼulotlar olib boradi.
Bugun Server Jeparov shogirdlari 2 ta nazorat oʼyinida maydonga tushdi. “Buxoro-2006” jamoasi bilan kechgan oʼyinda Oʼzbekiston U-14 2:0 hisobida gʼalaba qozondi. “Guliston-2006” bilan oʼyinda esa 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi.
Oʼzbekiston U-14 – “Buxoro-2006” 2:0
Gollar: Nikita Karpenko, Hamidullo Tursunboev.
Oʼzbekiston U-14: Doston Qoʼldoshev, Fozil Bobomurodov, Sherzod Abdulboʼriev, Ayman Hazigaliev, Sanjar Abduxoshimov, Ramazan Sipkatulin, Quvonch Haydarov, Dilshod Misraliev, Behzod Sulaymonov, Nikita Karpenko, Hamidullo Tursunboev.
Oʼzbekiston U-14 – “Guliston-2006” 1:2
Gol: Farrux Anorboev.
Oʼzbekiston U-14: Joʼrabek Shukrullaev, Dadajon Ahmadov, Aziz Toʼlanboev, Ozod Ahmedov, Sanjar Abduxoshimov, Sabur Alamov, Jahongir Isomiddinov, Ahror Rahimov, Farrux Anorboev, Jasur Iskandarov, Azim Abdulazizov.