Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2031-yilda Osiyo qit’asining eng nufuzli futbol turniri bo‘lgan Osiyo kubogi mezbonligiga nomzodlarni ko‘rib chiqishni boshladi. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda futbol borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan sharoitlar, xalqaro maydondagi nufuzidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi futbol uyushmalari birgalikda Osiyo kubogi mezbonligini yuqori saviyada o‘tkazishga ishonch bildirgan holda, o‘z qo‘shma nomzodini ilgari surishdi.

Bugungi kunda qo‘shni mamlakatlar bilan birga O‘zbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor. Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi kabi shaharlarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirildi. Qo‘shimcha ravishda, oxirgi yillarda Osiyoning U-20, U-23 turnirlari, Futzal bo‘yicha Jahon chempionati mezbonligi ulkan tajriba vazifasini o‘tadi. Markaziy Osiyo har doimgidek o‘zining mehmondo‘stligi, professional yondashuvi, futbolga fidoyiligi va albatta futbolsevar muxlislar mehri bilan butun Osiyo e’tiborini qozonishga tayyor.