Islom Ismoilov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi Toshkent shahrida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishdi. 17-sentyabrdan boshlab yigʻinning ikkinchi qismi Yevropada davom etadi.
Vakillarimiz 2025-yilgi Osiyo kubogi saralash bahslari oldidan 18, 20-sentyabr kunlari Parijda Fransiyaga qarshi, 24, 26-sentyabr kunlari esa BudapeshtdaVengriya oʻsmirlar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
Bosh murabbiy tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilar roʻyxati bilan tanishing.