Free ebooks Library zlibrary project

24-avgust kuni Toshkentda futzal boʻyicha Jahon chempionatiga bagʻishlangan ikkita katta tadbir boʻlib oʻtdi. Shu bilan yurtimiz boʻylab oʻtkazilib kelingan “Trophy Experience” tadbirlari yakuniga yetdi.

Mamlakatimizning boshqa shaharlarda tashkil etilgani kabi Toshkentdagi tadbir avvalida bolalar uchun festival boʻlib oʻtdi. Tadbir esa “Central Park” amfiteatrida Jahon kubogi koʻrgazmasi bilan yakuniga yetdi.

Bu bilan yurtimiz shaharlari boʻylab oʻtkazilgan “Trophy Experience” — Jahon chempionati kubogini ommaga tanishtirish tadbirlari yakunlandi. Turnir boshlanishiga esa 20 kun vaqt qoldi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu musobaqa chiptalari allaqachon sotuvga chiqarilgan va uni www.futsal2024.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.