Free ebooks Library zlibrary project

Jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqichi “D” guruhida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 ta uchrashuvdan so‘ng 9 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 1-pog‘onasini egallab turganidan xabaringiz bor.

2020-yilda bosh jamoamizni mazkur saralash bosqichi doirasidagi 3 ta juda muhim o‘yin kutib turibdi. Navbatdagi uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari 31-mart kuni Yaman mehmoni bo‘lishadi.

Ushbu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik olib borish maqsadida terma jamoamiz fevral oyida BAAda yig‘in o‘tkazishi haqida oldinroq ma’lumot bergan edik.

Bosh jamoamiz 18-24-fevral kunlari Dubayda yig‘in tashkil etadi. Mazkur yig‘in doirasida Belarus terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushiladi. O‘yin 23-fevral kuni Dubayda bo‘lib o‘tadi.