Bugun, 24-aprel kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyo kubogining chorak final bosqichi doirasida Vyetnamga qarshi maydonga tushdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuv jamoamizning ustunligi ostida o’tgan bo’lsa-da, 17-daqiqada Nguyen Tin Fat hisobni ochdi. Ikkinchi bo’limda vakillarimiz hujumlar sonini oshirishdi va 34-daqiqada Elbek To’lqinov hisobni tenglashtirdi. 39-daqiqada esa Sunnatulla Jo’rayev g’alaba golini urib, jamoamizga g’alaba keltirdi. Shu tariqa O’zbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyo kubogi yarim finalig ayo’l oldi.
Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 26-aprel kuni Eron terma jamoasiga qarshi o’tkazadi.