Free ebooks Library zlibrary project Присоединяйтесь к 1win казино и получите лучшие бонусы! Простая регистрация, зеркало для быстрого входа и промокоды увеличат ваши шансы на победу.

“King Plaza” mehmonxonasida hakamlar uchun seminar boshlandi. Unda CAFAʼga aʼzo mamlakatlardan 25 nafar hakamlar ishtirok etmoqda.

Seminarni OʻFA birinchi vitse-prezidenti, CAFA hakamlar qoʻmitasi raisi Ravshan Irmatov ochib berib, ishtirokchilarga bugungi kunda futbolga zamonaviy texnologiyalarning kirib kelishi ortidan futbolning jadallik bilan rivojlanib borayotgani, bu esa hakamlarning mas’uliyatini oshirishini taʼkidladi. Futbolning yanada jozibaliroq boʻlishida hakamlarning oʻrni beqiyos boʻlishiga alohida urgʻu berildi. Shu sababli hakamlar yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik qilishi, futbol qoidalari va xorijiy tillar boʻyicha bilimlarini doimiy yangilab borishi kerakligi aytildi. Oʻz oʻrnida, CAFA hakamlikka jiddiy eʼtibor berib, uning rivojlanishi yoʻlida qator ishlar amalga oshirayotgani bildirildi.

Seminar davomida hakamlar oʻyin qoidalari yuzasidan nazariy test va video test topshirishdi. Shuningdek, instruktorlar tomonidan oʻyindan tashqari holat, taktik follar mavzularida nazariy mashgʻulotlar tashkil etildi.

Qayd etish kerak, seminar hamda VAR kurslarini oʻz ichiga olgan oʻquv-amaliy mashgʻulotlar 25-yanvarga qadar davom etadi.