Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov professional futbol klublari vakillari ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi. Kun tartibiga koʻra, oʻtgan mavsum yakunlari va yangi mavsum rejalari koʻrib chiqildi, klublarning faoliyati, ifratuzilmasi va moliyaviy hisobotlari aniq raqamlar asosida tahlil qilindi.

Mablagʻlarni klublar rivoji uchun maqsadli sarflash, legionarlarni jalb qilishda ularning darajasini tahlil qilish, akademiya, ayollar futboli, futzal va infratuzilmaga e‘tibor qaratish borasida talablar qo‘yildi. Hakamlarning halol ishlashi, hakamlik sifatini oshirish, VAR tizimini takomillashtirishga e‘tibor qaratildi. Kelishilgan oʻyinlarga qarshi keskin va ayovsiz kurash jadallik bilan davom ettirilishi maʼlum qilindi.

Masʼullarga transferlar jarayonini nazorat qilish zarurligi ta‘kidlandi. Yosh futbolchilarga koʻproq oʻyin amaliyoti berish va ularning klubda tajribasini oshirib borish muhimligi aytildi.

“Biz U-20, U-23 Osiyo chempionatlari kabi nufuzli turnirlarga mezbonlik qilmaganimizda bir qator yosh futbolchilarimiz kuchli ligalarga, katta klublarga transfer qilinmagan bo‘lardi. Klublarda ham iste‘dodlarga muntazam ishonch bildirish zarur. Ularda ishtiyoq va intilish yuqori darajada”, dedi Abdusalom Abdumavlonovich.

Yigʻilishda OʻFA rahbariyati tomonidan klublardagi mavjud muammolar tinglandi. Ushbu muammolar yechimida jamoalarga kerakli yordam koʻrsatilishi maʼlum qilindi. Klublar terma jamoalar bilan hamjihat ishlagan holda, isteʼdodli futbolchilarni tarbiyalashi ustuvor vazifa etib belgilandi.